Bugun
50
O'zbek

Xames Rodriges Italiya B Seriyasiga ko'chib o‘tishi mumkin

Futbol
9 sentabr, 02:45
Kolumbiyalik futbolchi faoliyatini «Avellino» safida davom ettirishga yaqin turibdi.
Xames Rodriges Italiya B Seriyasiga ko'chib o‘tishi mumkin
Foto: Getty Images

Kolumbiyalik veteran Xames Rodriges faoliyatining so‘nggi bosqichida Italiya chempionatida to‘p tepishi mumkin. Biroq u A Seriyada emas, B Seriyada o‘ynashi ehtimoli yuqori.

Marca nashri italiyalik jurnalist Matteo Morettoning ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, Xames «Avellino» bilan kelishuvga erishishga juda yaqin. Futbolchining transferidagi asosiy omillardan biri klub bosh murabbiyi, afsonaviy futbolchi Alessandro Nestaning ishtiroki bo‘lmoqda.

«Avellino» Italiya chempionatining uch turidan so‘ng B Seriya turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.

Xames faoliyati davomida turli mamlakatlar chempionatlarida to‘p tepgan, biroq Italiyada hali o‘ynamagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Avellino Avellino
Bugungi yangiliklar