Germaniya milliy jamoasi va «Bavariya»ning sobiq futbolchisi Lotar Matteus UEFA Chempionlar ligasining yangi mavsumi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Sky Sport xabariga ko‘ra, Matteus turnirda g‘oliblik uchun beshta asosiy da’vogarni ajratib ko‘rsatgan. U «Barselona», «PSJ», «Bavariya», «Arsenal» va «Real»ni favoritlar qatoriga kiritgan.
Amaldagi Chempionlar ligasi g‘olibi «PSJ» hisoblanadi. Luis Enrike shogirdlari o‘tgan mavsum finalida «Arsenal»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etgan.
Eslatib o'tamiz, Parij klubi ushbu nufuzli turnirda ketma-ket ikkinchi marta g‘olib bo‘lgan.