Dortmundning «Borussiya» klubi bosh murabbiyi Niko Kovach Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 1-turida «Vilyarreal» ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi.
«Bugun juda yaxshi futbol bahsini ko‘rdik. Jamoam bor kuchini berdi. Biz juda yaxshi jamoaga qarshi o‘ynadik va nimalarga qodir ekanimizni ko‘rsatdik. Afsuski, ular biz xohlaganimizdan ko‘ra ko‘proq vaziyat yaratishdi. Keyingi ikki bahsni safarda o‘tkazishimizni hisobga olsak, bugun uyda g‘alaba qozonish juda muhim edi», — dedi Kovach UEFA rasmiy saytiga.
«Borussiya» D keyingi turda 14-oktabr kuni safarda «Bude-Glimt»ga qarshi bahs olib boradi. «Vilyarreal» esa 13-oktabr kuni «Napoli» mehmoni bo‘ladi.