Bugun
50
O'zbek

Holand Chempionlar ligasidagi gollari soni bo‘yicha Myullerni ortda qoldirdi

Futbol
9 sentabr, 00:00
Norvegiyalik hujumchi turnirdagi 59 ta bahsda 59 ta gol urishga erishdi.
Holand Chempionlar ligasidagi gollari soni bo‘yicha Myullerni ortda qoldirdi
Foto: Getty Images
08.09.2026 FT Chempionlar ligasi FC Porto FC Porto 0 : 2 Manchester Siti Manchester Siti

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand Chempionlar ligasida 59 ta gol urib, turnir tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Tomas Myullerni ortda qoldirdi. Bu haqda Championat xabar bermoqda.

26 yoshli futbolchi «Portu»ga qarshi bahsda dubl qayd etdi. Holand Chempionlar ligasidagi 59 ta bahsda 59 ta gol urgan. Tomas Myuller hisobida esa 57 ta gol mavjud.

Holand hozirda musobaqaning eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida yettinchi o‘rinda bormoqda. Oltinchi pog‘onada 99 ta bahsda 71 ta gol urgan Kilian Mbappe joylashgan. Ro‘yxatni esa 140 ta gol bilan Krishtianu Ronaldu boshqarmoqda.

Keyingi turda «Manchester Siti» 14-oktyabr kuni «PSJ»ga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • FC Porto FC Porto
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar