«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida «Portu» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Enso Mareskaning talablari haqida gapirdi.
«Biz o‘rganishimiz kerak. Enso bizdan ko‘p narsani talab qiladi, biz ham bir-birimizdan shuncha narsani talab qilishimiz kerak. Biz g‘alaba qozonishimiz zarur, chunki «Manchester Siti»da sovrinlarni qo‘lga kiritish kerak. Klubda bizdan aynan shuni kutishadi.
Umid qilamanki, u xursand. Biz safarda qiyin bahsda g‘alaba qozondik. Stadiondagi muhitga qarang — ba’zi paytlarda u shunchaki aql bovar qilmas darajada edi. Umid qilamanki, u bundan mamnun», — deya Holandning so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltirmoqda.
26 yoshli norvegiyalik hujumchi «Portu»ga qarshi bahsda dubl qayd etdi. «Manchester Siti» safarda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.