Bugun
50
O'zbek

Holand Angliya klublari safida YCHLdagi gollar soni bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqdi

Futbol
9 sentabr, 01:00
«Manchester Siti» hujumchisi endi musobaqada ingliz klublari uchun 36 ta gol urgan futbolchilar qatorida.
Holand Angliya klublari safida YCHLdagi gollar soni bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqdi
Foto: Getty Images
08.09.2026 FT Chempionlar ligasi FC Porto FC Porto 0 : 2 Manchester Siti Manchester Siti

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand Chempionlar ligasining 1-turida «Portu»ga qarshi bahsda dubl qayd etdi. «Shaharliklar» 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Squawka ma’lumotiga ko‘ra, norvegiyalik hujumchining ingliz klublari safida Chempionlar ligasidagi gollari soni 36 taga yetdi. Holand bu ko‘rsatkich bo‘yicha Serxio Aguero va Didye Drogba bilan birga ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ushbu reytingda «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh 46 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda.

Holand 2022 yilning yozida «Manchester Siti» safiga qo‘shilgan. U jamoa tarkibida barcha turnirlarda 203 ta bahsda 167 ta gol urgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • FC Porto FC Porto
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar