«Arsenal»ning sobiq hujumchisi Tyerri Anri 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun o‘z tanlovini ma’lum qildi. Fransiyalik mutaxassis ushbu sovrinni «Real» hujumchisi Kilian Mbappega topshirgan bo‘lardi.
«Menimcha, «Oltin to‘p»ni Mbappe olishi kerak. U individual jihatdan eng yaxshi bo‘ldi. Kilian Chempionlar ligasi, jahon chempionati va La Ligada «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritdi», — dedi Anri. Uning so‘zlarini Madrid Xtra keltirgan.
Mbappening asosiy kamchiligi sifatida o‘tgan mavsumda jamoaviy sovrinlarni qo‘lga kirita olmagani ko‘rilmoqda. Fransiya milliy jamoasi ham jahon chempionatida g‘olib bo‘la olmadi va yarimfinalda to‘xtadi.
Malumot uchun, «Oltin to‘p» sohibi 26 oktabr kuni aniqlanadi.