Live
1
O'zbek

Yamal: “Dembele meni «Oltin toʻp” favoritlari qatoriga qoʻshmadi? Axir u Mbappe bilan doʻst-ku"

Futbol
9 sentabr, 08:48
    5+
“Barselona” vingeri mukofotni qoʻlga kiritishga imkoniyati borligini aytdi.
Yamal: “Dembele meni «Oltin toʻp” favoritlari qatoriga qoʻshmadi? Axir u Mbappe bilan doʻst-ku"
Foto: Getty Images

“Barselona” vingeri Lamin Yamal “Oltin toʻp” uchun kurash haqida fikr bildirdi.

— “Oltin toʻp”ga loyiqmisiz?

— Menimcha, bu menga emas, jurnalistlarga bogʻliq. Men klub va milliy jamoa bilan ajoyib ishlarni amalga oshirdim. Agar mukofot berilsa, barchadan minnatdor boʻlaman. Har holda, imkoniyatim bor deb oʻylayman.

— Agar “Oltin toʻp”ni sizga berishlari uchun tashviqot qilmoqchi boʻlsangiz, mana mikrofonlar.

— Yoʻq, menimcha, “Oltin toʻp”ni berishlari uchun kampaniya olib borishim shart emas. Sizlarni hech narsaga ishontirishim kerak emas. Bu yil juda yaxshi ishladim va sizlardan men uchun ovoz berishingizni yalinib soʻrashim shart emas.

— Dembele sizni hatto top-3 favoritlar qatoriga ham kiritmadi.

— Axir u Kilian (Mbappe) bilan doʻst-ku, toʻgʻrimi? (kuladi) Rostini aytsam, bunga qarshi emasman. Bu — normal holat. Dembele bilan munosabatlarimiz juda yaxshi va uning boshqa futbolchilarni tanlagani ham tabiiy. Mening bu yilgi natijalarim qanday oʻtgani bilan maqtanib yurish shart emas, — deya Yamalning soʻzlarini keltiradi AS.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Barselona Barselona
  • Fransiya Fransiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh +3 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar