Live
3
O'zbek

Oʻzbekiston dzyudo jamoasi Budapeshtda oʻtadigan “Katta dubulgʻa” turniriga yoʻl oldi (tarkib)

Boshqa sportlar
9 sentabr, 09:00
Musobaqa 11-13 sentyabr kunlari boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston dzyudo jamoasi Budapeshtda oʻtadigan “Katta dubulgʻa” turniriga yoʻl oldi (tarkib)
Foto: IJF

11-13 sentyabr kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo boʻyicha navbatdagi “Katta dubulgʻa” turniri boʻlib oʻtadi.

Dunyoning 70 mamlakatidan 500 nafardan ortiq sportchini oʻzida jamlaydigan ushbu turnirda Oʻzbekiston jamoasi aʼzolari ham ishtirok etishadi. Jamoa bugun, 9 sentyabr kuni quyidagi tarkibda Vengriyaga yoʻl oldi:

Erkaklar:
-60 kg: Doston Roʻziyev
-73 kg: Elbek Tojiyev
-81 kg: Murodjon Yoʻldoshev

Ayollar:
-48 kg: Sevinch Murodova
-52 kg: Muhayyo Ahmatova
-78 kg: Marjona Koʻchimova

Bugungi yangiliklar