Live
3
O'zbek

Amrabat Marokash millay jamoasidagi faoliyatini toʻxtatganini eʼlon qildi

Futbol
9 sentabr, 09:28
    1
Yarimhimoyachi hozirgi bosh murabbiy qoʻl ostida milliy jamoada oʻynamoqchi emas.
Amrabat Marokash millay jamoasidagi faoliyatini toʻxtatganini eʼlon qildi
Foto: Getty Images

“Ayaks” yarimhimoyachisi Sofian Amrabat Muhammad Uahbi Marokash bosh murabbiyi boʻlib ishlar ekan, milliy jamoa safidagi faoliyatini toʻxtatishini maʼlum qildi.

“Marokash milliy jamoasi sharafini himoya qilish men uchun hayotimdagi eng katta sharaflardan biri boʻldi. 12 yil avval ilk bor milliy jamoaga chaqiruv olganimdan beri (yoshlar jamoalari ham nazarda tutilgan) mamlakatim uchun bor kuchimni berdim va milliy jamoa futbolkasini faxr bilan kiydim. Marokashga boʻlgan muhabbatim va bu jamoa men uchun anglatadigan barcha narsa hech qachon oʻzgarmaydi.

Bu juda qiyin qaror boʻldi, ammo hozirgi bosh murabbiy qoʻl ostida milliy jamoani himoya qilishni davom ettirishga oʻzimni tayyor his qilmayapman. Shu sababli u oʻz lavozimida qolar ekan, milliy jamoaga bormayman. Sabablarni esa jamoa va unga aloqador barcha insonlarni hurmat qilgan holda sir saqlashni maʼqul koʻraman.

Shuni aniq aytib oʻtmoqchiman: men xalqaro futboldan ketmayapman va Marokash safida yana oʻynash eshigini yopmayapman. Jamoadoshlarim va butun murabbiylar shtabiga omad tilayman. Eng katta muxlisingiz boʻlib qolaman va maydonda doimo namoyon qilganimdek, tashqarida ham sizlarni xuddi shunday ishtiyoq bilan qoʻllab-quvvatlayman.

Marokash muxlislariga mehr va qoʻllab-quvvatlovlari uchun rahmat”
, — deb yozdi 30 yoshli futbolchi Instagramʻdagi storisida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Marokash Marokash
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar