«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas jamoasining Chempionlar ligasidagi ilk bahsi oldidan o‘z fikrlarini bildirdi. Italiya klubi turnirning umumiy bosqichi 1-turida bugun, 10 sentyabr kuni «Leypsig»ni qabul qiladi.
«Bu «Komo» tarixidagi ilk Chempionlar ligasi bahsi ekani asosiy mavzu ekanini tushunaman. Ammo futbolchilar uchun bu boshqa barcha bahslar kabi bo‘lishi kerak. Men uchun muhimi — nima bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z futbolimizni namoyish etishimiz. Futbolning mohiyati ham shunda — jamoa har bir bahsda o‘z qiyofasini saqlab qolishi kerak», — deya Fabregasning so‘zlarini UEFA sayti keltirmoqda.
«Bu boshqa har qanday bahs kabi. Biz har doimgidek g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Shahar va klubdagi hayajonni tushunaman, ammo bu shunchaki futbol bahsi ekanini yodda tutishimiz kerak. «Leypsig» ajoyib jamoa va biz bu bahsni rivojlanishimiz uchun imkoniyat sifatida qabul qilishimiz lozim. Biz eng yaxshilar qatorida bo‘lishni istaymiz. Nima bo‘lishini ko‘ramiz, ammo o‘zimizga ishonamiz», — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.