Live
5
O'zbek

Superliga. «Andijon» «Qo‘qon-1912»ni so‘nggi daqiqalarda mag‘lub etdi

Futbol
10 sentabr, 12:00
    10+
Andijonliklar 90+1-daqiqadagi gol evaziga muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Superliga. «Andijon» «Qo‘qon-1912»ni so‘nggi daqiqalarda mag‘lub etdi
Foto: Andijon FK
10.09.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Andijon Andijon 2 : 1 Qo'qon-1912 Qo'qon-1912

Superliganing 21-turida «Andijon» o‘z maydonida «Qo‘qon-1912»ni qabul qildi. Bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

18-daqiqada Silvanus Nimeli «Qo‘qon-1912»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Mezbonlar uzoq vaqt davomida javob golini ura olmadi.

76-daqiqada Rustam Turdimurodov «Andijon»ning hisobni tenglashtirishiga erishdi. 90+1-daqiqada esa Imeda Ashortia g‘alaba golini urib, jamoasiga uch ochko taqdim etdi.

Ushbu natijadan so‘ng «Andijon» ochkolarini 30 taga yetkazib, 8-o‘rinda qoldi. «Qo‘qon-1912» esa 20 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.

Superliga. 21-tur
Andijon — Qo‘qon-1912 2:1
Gollar: Nimeli 18, Turdimurodov 76, Ashortia 90+1.

Andijon: Adhamov, Abdumajidov, Holdorxonov (Abdumannonopov, 59), Komilov (Sulaymonov, 73), Chalasan, Turg‘unboyev (Ashortia, 59), Temirov, Ismonaliyev, Toirov, Boakye, Turdimurodov.
Qo‘qon-1912: Davronov, Yoqubov, Salimov, Sidiqov, Gvazava, Nimeli, Yo‘ldoshev, Akramov, Malikjonov, Gulyamov, Xasanov (Xusanov, 66).

Ogohlantirishlar: Holdorxonov 45, Toirov.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Andijon Andijon
  • Qo'qon-1912 Qo'qon-1912
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar