Superliganing 20-turida «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Dinamo»ni qabul qildi. Bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
43-daqiqada Silvanus Nimeli Egor Kondratyukning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida, 51-daqiqada Artyom Radaev Tigran Avanesyanning uzatmasidan foydalanib, muvozanatni tikladi.
Qolgan daqiqalarda boshqa gollar urilmadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Ushbu natijadan so‘ng samarqandliklar 27 ochko bilan 9-o‘rinda qoldi. «Qo‘qon-1912» esa ochkolarini 20 taga yetkazib, 13-o‘ringa ko‘tarildi.
Superliga. 20-tur
Qo‘qon-1912 — Dinamo 1:1
Gollar: Nimeli 43, Radaev 51.
Qo‘qon-1912: Davronov, Yoqubov, Salimov, Sidiqov, Gvazva, Nimeli (O‘ktamov, 89), Yo‘ldoshev, Akramov (Tabatadze, 89), Malikjonov, Kondratyuk (Sohibjonov, 46), Xasanov (Gadoev, 73).
Dinamo: Nemanov, Radaev, Shtefan, Amonov (Abdusalomov, 81), Dumbuya, Jeparov (Xaydarevich, 66), Avanesyan (Xudayberdiev, 66), Jumaboev, Stanoevich, Haydarov (Abdullaev, 66), Oblaqulov (Nasimov, 81).
Ogohlantirishlar: Stanoevich 12, Haydarov 35.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi