Superliganing navbatdagi turida «So‘g‘diyona» o‘z maydonida «Mash’al»ni qabul qildi. Bahs jizzaxliklarning 5:2 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
«So‘g‘diyona» 4-daqiqada Zabihillo O‘rinboevning goli bilan oldinga chiqdi. 33-daqiqada Filip Ivanovich hisobni 2:0 ga yetkazdi. O‘rinboev 40-daqiqada o‘zining ikkinchi golini urib, mezbonlar ustunligini yanada oshirdi.
«Mash’al» 41-daqiqada Mahmud Jo‘raboev orqali javob golini urdi. Ikkinchi bo‘limda Lyupcho Doriev va Jamshid Boltaboev yana ikkita gol kiritib, «So‘g‘diyona»ning yirik g‘alabasini ta’minladi. Humoyun Murtozaev 71-daqiqada «Mash’al»ning ikkinchi golini urdi.
Ushbu natijadan so‘ng «So‘g‘diyona» ochkolari sonini 27 taga yetkazib, 10-o‘ringa ko‘tarildi. «Mash’al» esa 4 ochko bilan so‘nggi o‘rinda qoldi.
Superliga
So‘g‘diyona — Mash’al 5:2
Gollar: O‘rinboev 4, 40, Ivanovich 33, Jo‘raboev 41, Doriev 51, Boltaboev 66, Murtozaev 71.
So‘g‘diyona: Mitrovich, Qobilov, Jumatov, Michin (Kamolov, 70), Boltaboev, Qahramonov, Ivanovich, Doriev (Zaymovich, 70), O‘rinboev (Nurmatov, 51), Mavlonqulov (Jo‘raboev, 46), Soyibov.
Mash’al: Jo‘rabekov, Tojidinov, Abduraimov (Choriev, 57), Jo‘raboev (Murtozaev, 45+1), Nuriddinov, Aliqulov (Abdig‘aniev, 57), Ifeani, Ismoilov, Fayziev (Boshnyak, 57), Bumbar, Bureev (Abdulhaqov, 32).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi