Live
2
O'zbek

Baqoyev «Mash’al» ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi

Futbol
5 sentabr, 11:50
«So‘g‘diyona» bosh murabbiyi jamoasi g‘alabaga to‘la loyiq bo‘lganini ta’kidladi.
Baqoyev «Mash’al» ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi
Foto: So'g'diyona FK
05.09.2026 FT O‘zbekiston Superligasi So'g'diyona So'g'diyona 5 : 2 Mashal Mashal

Superliga 20-turida «So‘g‘diyona» o‘z maydonida «Mash’al»ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi. Bahsdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Biz bugungi bahs strategik jihatdan juda muhim ekanini bilardik. Yigitlarni faqat g‘alabaga tayyorlagan edik. Tezkor gol urdik, keyin esa taxminan 20 daqiqa davomida «Mash’al» o‘yinga to‘liq kirishib, agressiv harakat qildi va ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratdi. Nazarimda, ular 3–4 ta gol ham urishi mumkin edi. Biroq himoyada yigitlar vazifasini uddaladi, darvozabon ham ajoyib o‘ynadi. Umuman olganda, bugungi g‘alabaga to‘la loyiq edik», — dedi Baqoyev.

Mutaxassis yirik hisob qayd etilishini oldindan bashorat qilish qiyin ekanini ta’kidladi.

«Bunday o‘yinni hech qachon oldindan bashorat qila olmaysiz. Futbol oldindan aytib bo‘lmaydigan o‘yin. Shu bois yaratilgan vaziyatlarning aksariyatidan unumli foydalanganimiz ham hujumda, ham himoyada o‘yinimizni ancha yengillashtirdi», — deya qo‘shimcha qildi Baqoyev.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • So'g'diyona So'g'diyona
  • Mashal Mashal
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar