Superliganing 20-turida «Qizilqum» o‘z maydonida «Buxoro»ni qabul qildi. Bahs mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Birinchi bo‘lim oxirida, 42-daqiqada «Qizilqum» futbolchisi Xurshid Muxtorov to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. 52-daqiqada Jaba Jigauri farqni ikkitaga oshirdi.
64-daqiqada Otabek Jo‘raqo‘ziyev hisobni yiriklashtirdi. 73-daqiqada Sherzod Esanov hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. 77-daqiqada Nika Kacharava «Buxoro»ning ikkinchi golini urdi, biroq mehmonlar hisobni tenglashtira olmadi.
Ushbu natijadan so‘ng «Qizilqum» 26 ochko bilan 11-o‘rinda qoldi. «Buxoro» esa 34 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi.
Superliga. 20-tur
Qizilqum — Buxoro 3:2
Gollar: Muxtorov 42 (avtogol), Jigauri 52, Jo‘raqo‘ziyev 64, Esanov 73, Kacharava 77.
Ogohlantirishlar: Rahmatullayev 45+2, Rahmatilloyev 59.
Chetlatish: Jo‘rayev 87.
Qizilqum: Rahmatov, Jumanqo‘ziyev, Rahmatullaev (Otaqulov, 88), Turopov (Maykon Duglas, 79), Kumborovich, Bozorov (Shukurillayev, 72), Jigauri, Nematxonov, Ro'ziyev (Abdug‘offorov, 72), Rahmatilloyev, Jo‘raqo‘ziyev (Papariga, 79).
Buxoro: Hamroyev, Ahmadjonov, Muxtorov, Jo‘rayev, Ubaydullayev (Kacharava, 10), Mamasidiqov, Ro‘ziyev (Jo‘raboyev, 70), Esanov, Todorov, Rodich (Qayumov, 88), Jo‘rabekov (Yo‘ldoshev, 70).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi