Live
6
O'zbek

Ziyesh Braziliya klubiga o‘tdi

Futbol
10 sentabr, 11:33
    4
Marokashlik futbolchi faoliyatini Braziliya chempionatida davom ettiradi.
Ziyesh Braziliya klubiga o‘tdi
Foto: Getty Images

«Chelsi» va «Galatasaroy»ning sobiq vingeri Hakim Ziyesh Braziliyaning «Botafogo» klubiga o‘tdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati ma’lum qildi.

33 yoshli futbolchi joriy yil yozidan buyon erkin agent maqomida edi. Ziyesh 8-sentabr kuni Braziliyaga yetib kelib, tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va «Botafogo» bilan 2028-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Futbolchining rasmiy taqdimoti sanasi keyinroq e’lon qilinadi.

Ziyesh 2020–2023-yillarda «Chelsi» safida to‘p tepgan. Keyinchalik Turkiyaning «Galatasaroy» klubiga o‘tib, u yerda bir yarim mavsum faoliyat olib bordi. Yevropani tark etganidan so‘ng marokashlik futbolchi Qatarning «Al Duhayl»i va Marokashning «Vidad» jamoalarida ham o‘ynadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Botafogo RJ Botafogo RJ
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar