Bugun
58
O'zbek

Nkunku yozgi transfer oynasida «MYu» taklifini rad etib, «Leypsig»ga qaytishga qaror qilgan

Futbol
7 sentabr, 23:50
    4
Germaniya klubi fransiyalik futbolchini «Milan»dan ijaraga oldi.
Nkunku yozgi transfer oynasida «MYu» taklifini rad etib, «Leypsig»ga qaytishga qaror qilgan
Foto: Getty Images

«Leypsig» hujumchisi Kristofer Nkunku yozgi transfer oynasida «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin edi.

Avgust oyida Germaniya klubi fransiyalik futbolchini «Milan»dan sotib olish imkoniyati bilan ijaraga oldi. Sky Sports ma’lumotiga ko‘ra, hujumchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishdan «Manchester Yunayted» ham manfaatdor bo‘lgan. Biroq futbolchi «qizil iblislar» taklifini rad etib, Bundesligaga qaytishga qaror qilgan. Bu qaror «Leypsig» sport direktori Marsel Shefer tomonidan ham tasdiqlangan.

Kristofer qaytganidan so‘ng «buqalar» safida ikkita o‘yinda ishtirok etib, bitta assist amalga oshirdi.

Transfermarkt 28 yoshli futbolchining qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Leypsig Leypsig
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar