«Palmeyras» hujumchisi Vitor Roke Angliyaning «Chelsi» va «Manchester Yunayted» klublari radaridan joy oldi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
APLning har ikki grandi braziliyalik futbolchining rivojlanishini kuzatmoqda va uni qishki transfer oynasida tarkibga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Hozircha hech qanday muzokara olib borilmayapti, klublar shunchaki futbolchi haqida ma’lumot to‘plamoqda.
«Palmeyras» 21 yoshli futbolchi uchun 50–60 million yevro atrofida mablag‘ hamda uning keyingi transferidan ulush talab qilishi mumkin. Hujumchi 2025 yil fevral oyida «Barselona»dan 25,5 million yevro evaziga Braziliya klubiga ko‘chib o‘tgan.
Transfermarkt futbolchining hozirgi qiymatini 38 million yevroga baholamoqda. Avvalroq Alonso «Chelsi»ning yaqin kelajakdagi eng muhim futbolchisi kim bo‘lishini aytib o‘tgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi