Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso «Aston Villa»dan jamoa tarkibiga Morgan Rojersning kelib qo‘shilishi haqida fikr bildirdi.
«Tarkibni shakllantirishda muhim qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri keladi va Morgan, albatta, ulardan biri edi. Bunday darajadagi futbolchini hozir uchun ham, kelajakni ko‘zlab ham — safimizga qo‘shib olish biz uchun juda muhim edi. U yaqin 6-7 yil ichida jamoaning asosiy o‘yinchisi bo‘ladi. Hozirning o‘zidayoq u klubga katta ta’sir ko‘rsatmoqda», — deya Alonso so‘zlaridan iqtibos keltirdi BBC.
Futbolchi «Aston Villa»dan londonliklar tarkibiga ko‘chib o‘tishi haqida rasmiy ma’lumot 21 iyul kuni e’lon qilindi.
Transfermarkt portali bu «Chelsi» tarixidagi eng qimmat xarid ekanligini ma’lum qilgandi. Bundan avvalgi rekord Enso Fernandesga tegishli edi (121 mln. yevro).
Ma’lumot uchun, APL yangi mavsumida Rojers 2 ta o‘yinda 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma yetkazib berib ulgurdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi