«PSJ»ning gruziyalik vingeri Xvicha Kvaratsxeliya «Oltin to‘p» sovrini haqida fikr bildirdi.
«Ba’zida bu haqda kiyinish xonasida gaplashamiz. Dembele «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritganida, unga bu sovrin va Chempionlar Ligasini yutishda yordam berish uchun jamoaga kelganimni aytdim.
Lekin biz individual sovrinlarga ortiqcha e’tibor qaratmaymiz. Bularning barchasi butun jamoaning muvaffaqiyati bilan birga keladi», — dedi Kvaratsxeliya.
Eslatib o‘tamiz, Kvaratsxeliya 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun 30 nafar nomzod qatoriga kiritilgan. Nufuzli sovrinni topshirish marosimi 26 oktabr kuni Angliyaning London shahrida bo‘lib o‘tadi.