Live
3
O'zbek

Van Deyk ushbu mavsum yakunlanganidan so‘ng «Liverpul»ni tark etishi mumkin

Futbol
12 sentabr, 02:30
35 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistoni, MLS va Turkiya klublari qiziqish bildirmoqda.
Van Deyk ushbu mavsum yakunlanganidan so‘ng «Liverpul»ni tark etishi mumkin
Foto: Getty Images

«Liverpul» markaziy himoyachisi Virjil van Deyk ushbu mavsum yakunlanganidan so‘ng jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

35 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistoni, MLS va Turkiya klublari qiziqish bildirmoqda. Niderlandiyalik himoyachi turli variantlarni ko‘rib chiqishga tayyor, chunki uning «Liverpul» bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.

Mersisaydliklar rahbariyati hozircha van Deykka yangi shartnoma taklif qilish yoki qilmaslik borasida bir qarorga kelmagan.

Ma’lumot o‘rnida, van Deyk 2018 yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu mavsum u barcha musobaqalar doirasida 4 ta o‘yinda maydonga tushib, gol yoki assist qayd etdi.

Avvalroq Virjil faoliyatini «Milan»da davom ettirishi mumkinligi ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar