Live
3
O'zbek

Uayt: «Topuriya va Pimblett jangi kamar o‘rtaga qo‘yilmasa ham turnirning asosiy jangi bo‘la oladi»

MMA
12 sentabr, 03:20
UFC rahbari ikki jangchi o‘rtasidagi ehtimoliy to‘qnashuv haqida fikr bildirdi.
Uayt: «Topuriya va Pimblett jangi kamar o‘rtaga qo‘yilmasa ham turnirning asosiy jangi bo‘la oladi»
Foto: ESPN

UFC rahbari Dana Uayt Iliya Topuriya va Peddi Pimblett o‘rtasidagi jang chempionlik kamari o‘rtaga qo‘yilmasa ham turnirning asosiy jangi bo‘lishi mumkinligini aytdi.

«Topuriya va Pimblett jangi kamar o‘rtaga qo‘yilmasa ham turnirning asosiy jangi bo‘la oladimi? Ha. Bu juda katta jang.

Hamma mendan Topuriya haqida so‘rayapti. U kimga qarshi qaytmoqchi? Bu yoqimli muammo: Geyji yoki Pimblett. Qaysi yo‘nalishda ketmasin, har qanday holatda ham biz yutib chiqamiz», — dedi Uayt.

Avvalroq UFC Jastin Geyji va Iliya Topuriya o‘rtasidagi ikkinchi jangni tashkil etishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingandi.

Bugungi yangiliklar