Bugun
107
O'zbek

Ruminiya chempionatida qora kartochka o‘ylab topildi

Futbol
12 sentabr, 00:15
Hozircha u 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi musobaqalarda sinovdan o‘tkaziladi.
Ruminiya chempionatida qora kartochka o‘ylab topildi
Foto: All Football

Ruminiya chempionatida yangi jazo turi bo‘lgan qora kartochka o‘ylab topildi. Hozircha u 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi musobaqalarda sinovdan o‘tkaziladi.

Qizig‘i, qora kartochka futbolchilar uchun emas, balki ularning ota-onalari uchun mo‘ljallangan. Ruminiyada farzandlarining o‘yinini tomosha qilish uchun kelgan ota-onalarning maydon yaqinida janjal ko‘tarishi holatlari tez-tez uchrab turadi. Ba’zida ular hatto maydonga chiqib, hakamga «qanday ishlash kerakligini» ko‘rsatishga ham urinadi.

Ana shunday holatlarga qarshi kurashish maqsadida qora kartochka joriy etildi. U hakamlarga o‘zini haddan tashqari faol va nomaqbul tutayotgan ota-onalarga nisbatan chora ko‘rish imkonini beradi.

Avvalroq FIFA «Venger ofsաydi» sinovlarini boshlashi ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ruminiya 1-ligasi Ruminiya 1-ligasi
Bugungi yangiliklar