«Tottenhem» hujumchisi Risharlisonning «Vasko da Gama»ga transferi amalga oshmadi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, «taqachilar» 29 yoshli braziliyalik futbolchining transfer summasi bo‘yicha «Vasko da Gama» bilan kelishuvga erishgan. Risharlison o‘z vataniga qaytishi kutilgandi.
Shunga qaramay, tomonlar futbolchining shaxsiy shartnomasi bo‘yicha kelisha olmagan. Braziliyada esa transfer oynasi kecha, 11 sentabr kuni yopildi.
Eslatib o‘tamiz, Risharlison «Tottenhem»ning APL uchun qaydnomasiga kiritilmagan. Bunga qadar uning transfer oynasining so‘nggi kunida 35 million funt evaziga «Everton»ga o‘tishi ham shaxsiy shartnoma borasidagi kelishmovchiliklar tufayli amalga oshmagandi.