20 yoshli markaziy yarimhimoyachi Lukas Bergvall klub bilan yangi bitimga imzo chekdi.
Bu haqda londonliklar matbuot xizmati rasman xabar berdi. Kelishuv tafsilotlari ochiqlanmagan.
«Nazarimda, biz o‘zgacha bir narsa yaratyapmiz. Hozir klub uchun juda ajoyib davr, shuning uchun ham men shartnomam muddatini uzaytirishga qaror qildim. Maqsadim — jamoaga iloji boricha ko‘proq foyda keltirish, sifatli o‘yin ko‘rsatish, gol urish va golli uzatmalar berish», — deya Bergvall so‘zlaridan iqtibos keltirdi «Tottenhem» matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, londonliklar Bergvallni 2024-yil 20 million yevro evaziga xarid qilgan edi. Ushbu mavsum yarimhimoyachi 2 ta o‘yinda maydonga tushdi va hozircha samarali harakatlar amalga oshirib ulgurmadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi