«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqalar ikki karra chempioni, qozog‘istonlik tennischi Yelena Ribakina US Open-2026 finali oldidan juda kuchli bosim yo‘qligi haqida gapirdi. Bosh sovrin uchun bahsda Yelena belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi kortga chiqadi.
«Bu shubhasiz, muhim o‘yin va to‘g‘risini aytsam, bu final ekanligini inobatga olsak, kortning nargi tomonida kim ekanligi unchalik ham ahamiyatga ega emas. Shunchaki g‘alaba qozonib, eng yaxshi natijamni ko‘rsatishni istayman. Shu bilan birga o‘zimga bo‘lgan bosimni juda ham oshirib yuborishni istamayman, sababi biz hammamiz reytingda juda yaqin joylashganmiz. Agarda finalda biror nima o‘xshamasa ham, yil oxirigacha boshqa imkoniyatlar, boshqa musobaqalar bo‘ladi.
Bu o‘yinlarda biz bir-birimizni mukammallikka undaymiz va qaysi jihatlar ustida ko‘proq ishlash kerakligi darhol ko‘rinadi. O‘ylashimcha, seni bor kuchingni sarflashga majbur qiladigan odam bilan uchrashish ajoyib», — dedi Ribakina matbuot anjumanida.