“Sabah”ning oʻzbekistonlik yarimhimoyachisi Umarali Rahmonaliyev YCHL 1-turidan oʻrin olgan “Manchester Yunayted” (0:4) bilan oʻyindan soʻng jurnalist Aleksandr Shmurnovga fikrlarini bildirdi.
Maʼlumot oʻrnida, 23 yoshli futbolchi va uning jamoasi uchun ushbu bahs eng nufuzli yevrokubokdagi debyut boʻldi.
“Oʻyin tomonlama tashkiliy jihatdan yomon koʻrinmadik. Yaxshi temp boʻldi. Barchasini soniyalar hal qildi. Oʻtkazib yuborilgan gollarni tahlil qilsak, qayerdadir soniyalarga kechikdik va raqib ham oʻz mahoratini koʻrsatdi.
YCHLda oʻynagan 7-oʻzbekistonlik ekanim? Ha, buni oʻyingacha aytishdi. Oʻzbek futbolidagi oʻsishni koʻrsatishga va jamoam yaxshi natijaga erishishi uchun borimni berishga harakat qildim. Ammo yirik hisobda yutqazdik. Bu —futbol. Tajriba oldik. Shunday oʻyinlar orqali oʻrganamiz va kelajakda kuchli raqiblarga ham munosib qarshilik koʻrsatamiz”, — deydi Rahmonaliyev.
Umarali Rahmonaliyev: “Barchasini soniyalardagi kechikishlar hal qildi. Tajriba oldik”
Futbol
11 sentabr, 01:21
5+
YCHLda oʻynagan 7-oʻzbekistonlik futbolchi “MYU”dan uchralgan magʻlubiyatdan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
Foto: Sabah FC
10.09.2026
FT
Chempionlar ligasi
Manchester Yunayted
4
:
0
Sabah FK
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi