«Nyukasl» klubi himoyachi Lyuis Holl ingliz klubi bilan uzoq muddatli bitim imzoladi. Bu haqda Nyukasl-apon-Tayn shahri jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.
Kelishuv tafsilotlari ochiqlanmayapti. Biroq jurnalist Kit Daunining ma’lum qilishicha, 21 yoshli Hollning shartnomasi 2031-yilgacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, «Nyukasl» Hollni «Chelsi»dan 2024-yilda sotib olgandi. Ushbu mavsumda futbolchi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq «Manchester Yunayted» Hollga qiziqish bildirgani xabar qilingandi. «Qizil iblislar» himoyachini 2027-yilda sotib olishni rejalashtirgan edi, ammo endi buni amalga oshirish ancha qiyin bo‘ladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi