Braziliyalik Kayo Jorje hamon Myunhenning «Bavariya» klubi qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.
Germaniya grandi «Kruzeyro» hujumchisini diqqat bilan kuzatib borish uchun o‘z skautlarini Braziliyaga yuborgan. Jorje ushbu mavsumda mamlakat chempionati doirasidagi 19 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta gol yozdirib qo‘ydi.
24 yoshli hujumchi «Kruzeyro» bilan 2030-yilning dekabr oyi oxirigacha amal qiladigan shartnomaga ega. Futbolchining trnasfer qiymati 25 million yevroga baholanmoqda.
Kayo Yevropada Turinning «Yuventus» va «Frozinone» klublari sharafini himoya qilib ulgurgan. Shuningdek, u Braziliya milliy jamoasi safida 1 ta o‘yinda maydonga tushgan.