“Bavariya” bosh murabbiyi Vensan Kompani YCHL 1-turidan oʻrin olgan “Budyo-Glimt”ga (5:0) qarshi bahsdan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
“Birinchi boʻlim biroz "Shalke”ga qarshi oʻyinga oʻxshadi. Sabrli boʻlishimiz kerak edi. Bizda unchalik koʻp imkoniyat boʻlmadi. Ammo shunday vaziyatlar yuzaga keldiki, bir-ikki gol urishimiz mumkin edi. Ikkinchi boʻlimda kerakli paytda gol urdik, keyin esa yana toʻplar kirita boshladik. Bu munosib gʻalaba boʻldi».
Avvalgi oʻyinlarda maydonda hushini yoʻqotgan Musialaning goli haqida
“Hamma xursand boʻldi — stadiondagi 75 ming kishi ham, televizor qarshisida oʻtirgan muxlislar ham. Biz uning vaqti kelishini bilardik. U juda muhim gol urdi.
Jamol uchun bu juda yaxshi. Umid qilamanki, endi eʼtibor faqat uning oʻyiniga qaratiladi. U boshqa mavzu bilan bogʻliq vaziyatda qanday harakat qilishni biladi va bizning toʻliq qoʻllab-quvvatlashimizdan foydalanishda davom etadi”.
Mavsumning dastlabki oʻyinlaridan keyin jamoaning holati haqida
“Yaxshi holatdamiz. Hali ham optimal formaga kirish ustida ishlayotgan futbolchilarimiz bor. Qarshi pressing, pressing, energiya — bularning barchasi ijobiy. Oʻyin sifati va ayrim detallar borasida hali yaxshilashimiz kerak boʻlgan jihatlar bor, buning ustida ishlayapmiz.
Toʻliq tayyor holatdagi Jamol — oʻtgan mavsumga nisbatan katta ustunlik. Chunki oʻtgan mavsumning katta qismini usiz oʻtkazgan edik. Alfonso Devis ham oʻz formasini tiklab bormoqda. Ammo doimgidek, har bir oʻyin oʻziga xos kechadi. Keyingi bahslarda nima boʻlishini koʻramiz”, — deya Kompanining soʻzlarini keltiradi Bayern Germany.
Kompani — “Budyo-Glimt” ustidan gʻalaba va Musiala haqida
Futbol
11 sentabr, 02:30
“Bavariya” bosh murabbiyi YCHL 1-turidagi gʻalabadan soʻng fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Foto: Bayern Munchen
10.09.2026
FT
Chempionlar ligasi
Bavariya
5
:
0
Bodoe/Glimt
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi