Live
2
O'zbek

Kerrik: “Mavsumni yaxshi boshlamadik, ammo ijobiy belgilarni koʻryapman”

Futbol
10 sentabr, 23:49
    5+
“MYU” bosh murabbiyi “Sabah” bilan oʻyindan soʻng raqibni ham eʼtirof etdi.
Kerrik: “Mavsumni yaxshi boshlamadik, ammo ijobiy belgilarni koʻryapman”
Foto: Getty Images
10.09.2026 FT Chempionlar ligasi Bavariya Bavariya 5 : 0 Bodoe/Glimt Bodoe/Glimt

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Maykl Kerrik YCHL 1-turidan oʻrin olgan “Sabah”ga (4:0) qarshi bahsdan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Darvozamiz daxlsizligini saqlab qolganimiz yoqimli. Hujumdagi ayrim harakatlarimiz fantastik darajada boʻldi. Himoyada ham juda yaxshi oʻynadik.

Raqibga ham munosib baho berishim kerak. Bunday jamoaga qarshi oʻynash oson emas. Ular qisqa paslar orqali oʻynashadi va toʻpni olib qoʻyish uchun sizdan juda koʻp mehnat qilishni talab qilishadi.

Hisob qulay koʻrinishi mumkin. Ammo oʻyin doim ham oson kechmadi. Shunga qaramay, bugungi oqshomda koʻp jihatdan yaxshi harakat qildik va bu bizga yaxshi natija keltirdi.

Natijalar haqida gapiradigan boʻlsak, mavsumni ideal tarzda boshlay olmadik. Ammo men juda ijobiy belgilarni koʻryapman va bugun ham ularni yana bir bor namoyish etdik”,
— deya Kerrikning soʻzlarini keltiradi Sky Sports.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Bodoe/Glimt Bodoe/Glimt
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar