Live
2
O'zbek

US Open-2026, ayollar. Finalchilar maʼlum boʻldi

Tennis
11 sentabr, 03:39
Hal qiluvchi bahsda jahonning birinchi va ikkinchi raqamli tennischilari toʻqnash keladi.
US Open-2026, ayollar. Finalchilar maʼlum boʻldi
Foto: Getty Images

“Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi US Open-2026 turnirining ayollar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida yarimfinal bosqichi yakunlanib, turnir finalchilari maʼlum boʻldi. Ular — dunyoning birinchi raqamli tennischisi, belaruslik Arina Sobolenko va WTA reytingida ikkinchi oʻrinda turgan, Qozogʻiston vakili Yelena Ribakina.

Yarimfinal bahslarida Sobolenko dunyoning uchinchi raqamli tennischisi, amerikalik Jessika Pegulani 7:5, 6:2 hisoblarida magʻlub etdi. Ribakina esa AQSH vakili Kori Gauffdan (WTA reytingida 4-oʻrin) 3:6, 6:4, 6:4 hisobida ustun keldi.

US Open-2026 turnirining ayollar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida hal qiluvchi final bahsi shanba, 12 sentyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Bugungi yangiliklar