Live
2
O'zbek

Alguasil — “Olimpiakos” bosh murabbiyi

Futbol
11 sentabr, 05:30
“Real Sosiedad” sobiq ustozi grek klubida hamyurtini almashtirdi.
Alguasil — “Olimpiakos” bosh murabbiyi
Foto: Getty Images

“Olimpiakos” Imanol Alguasil yangi bosh murabbiy etib tayinlanganini eʼlon qildi.

Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, “Real Sosiedad”dagi faoliyati bilan tanilgan ispaniyalik 55 yoshli mutaxassis Gretsiya klubi bilan 2028 yil iyuniga qadar shartnoma imzoladi.

Alguasil “Olimpiakos”da bir necha kun oldin isteʼfoga chiqarilgan Xose Luis Mendilibarning oʻrnini egalladi. Mendilibar qoʻl ostida Pirey klubi Chempionlar ligasining asosiy bosqichiga chiqolmadi va 3-saralash bosqichida Niderlandiyaning NEK klubiga (0:0, 1:2) magʻlub boʻldi. Endi Gretsiya jamoasi Yevropa ligasida ishtirok etadi.

Alguasilning soʻnggi ish joyi Saudiya Arabistonining “Ash Shabob” klubi boʻlgan. U ushbu jamoani 2025 yil iyulidan 2026 yil fevraliga qadar boshqargan.

Gretsiya chempionatining 3-turidan soʻng “Olimpiakos” 4-oʻrinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Olympiacos Olympiacos
  • Gretsiya Superligasi Gretsiya Superligasi
Bugungi yangiliklar