Live
2
O'zbek

Xames — “Atletiko Nasional” futbolchisi

Futbol
11 sentabr, 04:22
35 yoshli yarimhimoyachi Kolumbiya klubi bilan shartnoma imzoladi.
Xames — “Atletiko Nasional” futbolchisi
Foto: Atletico Nacional

Xames Rodriges faoliyatini vatanida davom ettiradigan boʻldi.

“Real”, “Bavariya” va “Barselona” klublarining sobiq yarimhimoyachisi “Atletiko Nasional” bilan shartnoma imzoladi.

35 yoshli futbolchi iyul oyida “Minnesota”ni tark etgandi. Kolumbiyalik havbek MLSda 6 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq Xamesning 2026 yilgi Jahon chempionatidan soʻng faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Maʼlumot uchun, “Atletiko Nasional” Kolumbiya chempionatida 5 ta oʻyinda 12 ochko toʻplab, 5-pogʻonani egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Nacional Atletico Nacional
Bugungi yangiliklar