Live
2
O'zbek

Xames faoliyatini vatanida davom ettiradi

Futbol
11 sentabr, 00:59
    70+
35 yoshli futbolchining yangi klubi maʼlum.
Xames faoliyatini vatanida davom ettiradi
Foto: Getty Images

Xames Rodriges faoliyatini Kolumbiya chempionatida davom ettiradi.

“Real” va “Bavariya”ning sobiq yarimhimoyachisi “Atletiko Nasional” bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi, deb yozdi insayder Fabritsio Romano.

Bitim yaqin kunlarda rasman eʼlon qilinishi kutilmoqda.

Xames iyul oyida fevral oyidan buyon oʻynagan “Minnesota”ni tark etgandi. Kolumbiyalik havbek MLSda 6 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq 35 yoshli futbolchi 2026 yilgi Jahon chempionatidan soʻng faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Nacional Atletico Nacional
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

70+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar