Live
2
O'zbek

Ayyu “Sheffild Yunayted”ga oʻtdi

Futbol
11 sentabr, 04:01
35 yoshli hujumchi yana Chempionshipda oʻynaydi.
Ayyu “Sheffild Yunayted”ga oʻtdi
Foto: Sheffield United

Jordan Ayyu faoliyatini Chempionshipda davom ettiradi.

35 yoshli hujumchi “Lester”ni erkin agent sifatida tark etib, “Sheffild Yunayted”ga oʻtdi.

Ganalik futbolchi yangi jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Ayyu oʻtgan mavsumda “Lester” safida 42 oʻyinda 6 ta gol va 3 ta assistni oʻz hisobiga yozdirib qoʻygan.

“Sheffild” bu mavsumda Chempionshipda 6 oʻyinda 9 ochko toʻplab, 10-oʻrinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sheffild Yu Sheffild Yu
  • Angliya chempionati Angliya chempionati
Bugungi yangiliklar