Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumkor yarimhimoyachisi Fermin Lopes hali ham «Chelsi» diqqat markazida bo‘lib turibdi. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «aristokratlar» Lopes transferi uchun 120 million yevrodan ko‘proq sarflashga tayyor. London klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso 23 yoshli hamyurtini asosiy transfer maqsadi deb hisoblaydi, klub rahbarlari esa mutaxassisning bu istagini qoniqtirishga tayyorlar.
«Barselona» Fermin bilan xayrlashishga tayyor emas, ammo 120 million yevrodan yuqori taklif ispanlarning fikrini o‘zgartirishi mumkin.
Ushbu mavsum Fermin Lopes barcha musobaqalarni inobatga olganda, 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma yetkazib berdi.