Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani «Oltin to‘p» uchun kurash haqida fikr bildirdi.
«Futbolchilarim muvaffaqiyat qozonishini istayman, shunday ekan bu holatda istalgan murabbiy singari vaziyatdaman: mazkur masalada 100% obyektiv bo‘lmagan holda fikr bildiraman va agarda sovrinni Harri Keyn yoki Maykl Olise olsa, xursand bo‘lishimni, aytaman. Bu yigitlar o‘tgan mavsum 182 ta gol urgan va ko‘plab g‘alabalarni qo‘lga kiritgan jamoaning muhim a’zolari edi», — deya Kompani so‘zlaridan iqtibos keltirdi Bayern & Germany.
Mutaxassis shu bilan birga «Oltin to‘p» YECHLda g‘olib bo‘lgan «PSJ» vakillaridan biriga nasib qilishi mumkinligini ham inkor etmadi.
Yangi mavsumda 33 yoshli Keyn barcha musobaqalarni inobatga olganda 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma yetkazib berdi.