Live
2
O'zbek

Mbappe toʻpsiz harakatlari borasidagi tanqidlarga munosabat bildirdi

Futbol
11 sentabr, 02:54
    10+
“Odamlar koʻpincha nima qilayotganingga emas, balki nima qilmayotganingga eʼtibor qaratishadi”, — deydi hujumchi.
Mbappe toʻpsiz harakatlari borasidagi tanqidlarga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images

“Real” hujumchisi Kilian Mbappe toʻpsiz harakatlari borasidagi tanqidlarga fikr bildirdi.

“Menimcha, tanqidlar normal holat emas, ammo yuqori darajada yillar davomida oʻynaydigan futbolchining hayoti shunday. Men yangi futbolchi emasman. Hamma mening nimalarga qodirligimni allaqachon biladi. Menimcha, bu yerda inson faktori ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi.

Odamlar koʻpincha nima qilayotganingga emas, balki nima qilmayotganingga eʼtibor qaratishadi. Kimdir oʻn yil davomida biror ishni bajarib kelsa, uning oʻsha harakatlariga unchalik eʼtibor berilmaydi — hamma uning bunga qodirligini biladi. Shuning uchun odamlar doimo nima qilmayotganingni izlashga harakat qilishadi. Ammo shaxsan men buni qabul qilmayman”,
— deya Mbappening soʻzlarini keltiradi LʻEquipe.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar