«Barselona» bosh murabbiyi Hansi Flik «Valensiya»ga (5:0) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Ajoyib o‘yin bo‘ldi. O‘yinni boshidanoq nazorat qildik. Men aynan shuni ko‘rishni istayman. Men uchun eng muhimi - bu uch ochko. Albatta, bizda yetarli mahorat bor va biz bo‘sh joy topamiz. Biz past blokga qarshi yaxshi hujum qila olamiz. Buni ko‘rish yaxshi.
Aytishim mumkinki, bahsni nazorat qila oldik, ayniqsa, bu haroratda. 5:0 hisobida hujum qilishda davom etishimiz kerakmi yoki yo‘qmi, bilmayman. Balki biz o‘yinni biroz ko‘proq nazorat qilishimiz kerak edi. Bizda hali ko‘p o‘yinlar bor, shuning uchun iloji boricha kuchimizni tejashimiz kerak», - deya Flikning so‘zlaridan keltiradi Marca nashri.
Ma’lumot uchun, «Barselona» 12 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.