“Bavariya” Chempionlar ligasi / Yevropa chempionlari kubogida urilgan gollar soni boʻyicha 900 lik chegaradan oshdi.
Vensan Kompani boshchiligidagi jamoa turnir umumiy bosqichining 1-turida “Budyo-Glimt”ni 5:0 hisobida magʻlub etdi. Bellashuvning 47-daqiqasida Jamol Musiala tomonidan kiritilgan birinchi toʻp myunxenliklar uchun ushbus musobaqadagi yubiley golga aylandi.
Shu tariqa “Bavariya”ning Chempionlar ligasi / Yevropa chempionlari kubogidagi gollari soni 904 taga yetdi.
Ushbu turnirda “nemis mashinami”dan koʻproq gol urgan yagona jamoa — “Real”. Madridliklar hisobida 1139 ta gol bor.
“Bavariya” — YCHLda 900 ta gol urgan ikkinchi klub
Futbol
10 sentabr, 23:24
15+
Musiala myunxenliklarning yubiley goliga mualliflik qildi.
Foto: Getty Images
10.09.2026
FT
Chempionlar ligasi
Bavariya
5
:
0
Bodoe/Glimt
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi