“Komo” bosh murabbiyi Fransesk Fabregas YCHL 1-turidan oʻrin olgan “Leypsig”ga (4:1) qarshi oʻyindan soʻng oʻz fikrlart bilan oʻrtoqlashdi.
“Baxtliman, lekin bu quvonch atigi besh daqiqa davom etadi, chunki dushanba kuni boʻlib oʻtadigan «Parma”ga qarshi oʻyinga tayyorgarlik koʻrishimiz kerak. Bugungidek energiya bilan harakat qilishimiz zarur. Albatta, bu shahar va klub uchun tarixiy kecha (YCHLda debyut) ekanini tushunaman. Bu — oʻtgan mavsumda amalga oshirgan aqlbovar qilmas mehnatimiz uchun munosib sovgʻa. Ammo A Seriya hamon bizning asosiy maqsadimiz boʻlib qolmoqda. Axir aynan shu musobaqadagi natijalar bizga yana Chempionlar ligasida ishtirok etish imkonini beradi.
Biz yosh jamoamiz, Chempionlar ligasi energiyasi bizni ruhlantiradi. Ammo A Seriyada bor kuchimizni ishga solmasak, juda qattiq gʻazablanaman. Kamtarlikmizni saqlashimiz va har uch kunda oʻynashga tayyor boʻlishimiz kerak. Bu juda ogʻir mavsum boʻladi, shuning uchun toʻgʻri kayfiyatni saqlab qolishimiz zarur.
Bugun biz haqiqatan ham oʻyinni nazorat qilishga harakat qildik. Chunki 3:0 hisobida oldinga chiqib olganimizdan soʻng, “Leypsig” taktikasini oʻzgartirdi, qanotlarni kuchaytirdi va jismoniy kurashlarda koʻproq kuch ishlata boshladi. Biz biroz charchadik va shuning uchun men koʻproq oʻyinni nazorat qilishni maʼqul koʻrdim. Odatda toʻrtinchi golni urishga harakat qilgan boʻlardim, ammo bu — Chempionlar ligasi darajasi. Ular gol urishdi, hisob 3:1 boʻldi va oʻyin hali tugamagandi.
Yaxshiyamki, jamoamizning birdamligi yaqqol namoyon boʻldi va biz yana bir nechta xavfli qarshi hujumlarni amalga oshirdik. Ulardan biri Perronening goli bilan yakunlandi. Shuning uchun turli vaziyatlarga moslasha olish kerak, ayniqsa, ayrim paytlarda sizdan ustun boʻlgan jamoalarga qarshi oʻyinlarda", — dedi Fabregas Sky Sport Italia nashriga bergan intervyusida.
Fabregas: “Klub va shahar uchun tarixiy kecha. Ammo xursandchilik faqat 5 daqiqa davom etadi”
Futbol
11 sentabr, 00:36
5+
“Komo” bosh murabbiyi YCHLdagi debyut va gʻalabadan soʻng fikrlarini bildirdi.
Foto: Getty Images
10.09.2026
FT
Chempionlar ligasi
Komo
4
:
1
Leypsig
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi