Italiyaning «Komo» klubi yarimhimoyachisi Martin Baturina Chempionlar Ligasi yangi mavsum umumiy bosqich 1-turi doirasida «Leypsig» bilan bahsdan keyin (4:1) taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Chempionlar ligasidagi ilk golingni urish ajoyib tuyg‘u. Butun jamoaga rahmat. Maydonda biz eng yuqori tempni ko‘rsata oldik. Ammo bu o‘yinga ham xuddi boshqa o‘yinlarga tayyorlangandek tayyorgarlik ko‘rilgan edi. Chempionlar ligasi muhiti bizga juda kuchli ta’sir qilishini xohlamadik. Shuning uchun odatdagidek tayyorgarlik ko‘rishga harakat qildik.
Chempionlar ligasidagi ilk o‘yinimda g‘alaba qozonganimdan xursandman va faxrlanaman. Ishonchim komilki, Komo aholisi ham hozir baxtli. Endi bayram qilsak bo‘ladi.», — deya Baturina so‘zaridan iqtibos keltirdi UYEFA rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 2-turida «Komo» safarda Niderlandiyaning «Feyenoord» klubi bilan (14 oktyabr) ro‘baro‘ keladi, «Leypsig» esa o‘z maydonida Niderlandiyaning PSV jamoasini (13 oktyabr) qabul qiladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi