Braziliya milliy jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldo tennis bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqa US Open-2026 yarimfinal o‘yiniga tashrif buyurdi. Unda beloruslik Arina Sobolenko va AQSH vakilasi Jessika Pegula o‘zaro bahs olib bordi. Sobolenko mazkur o‘yinda 7:5, 6:2 hisobida zafar quchdi va musobaqa finaliga yo‘l oldi. Arina Sobolenkoni turmush o‘rtog‘i Georgios Frangulis orqali Braziliya bilan aloqalari mavjud.
«Men braziliyalik tennischimiz Sobolenkoga muxlislik qilyapman. Ishlarimni ham uning finalda ishtirok etishini hisobga olib, uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida rejalashtirganman», — dedi Ronaldo ESPN Brazil uchun intervyuda.