Londonning «Arsenal» klubi jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, klub va ispaniyalik mutaxassis o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy ruhda davom etmoqda, tomonlar hamkorlikni davom ettirishni ko‘zlagan.
Klub Artetaning maoshini sezilarli ravishda oshirishga qaror qilgan — hozir Mikel yiliga 10 mln £ (11,6 mln €) va YECHL yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgani uchun bonuslar ko‘rinishida 5 mln £ (5,8 mln €) ishlab topadi. Yangi bitim imzolangach, Arteta dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylaridan biriga aylanadi.
Ma’lumot uchun, Arteta 2019-yildan buyon «Arsenal»ni boshqarib kelmoqda. O‘tgan mavsum jamoa uzoq kutilgan Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, londonliklar UYEFA Chempionlar Ligasi finalida Fransiyaning «PSJ» jamoasiga yutqazib qo‘ydi.