Live
7
O'zbek

«Real» «Bavariya»ning sobiq yarimhimoyachisini kuzatmoqda

Futbol
11 sentabr, 10:02
Avstriyalik Paul Vanner Yevropaning yirik klublari qiziqish doirasiga tushib qoldi.
«Real» «Bavariya»ning sobiq yarimhimoyachisini kuzatmoqda
Foto: Gettyimages

Transfer huquqi «PSV» jamoasiga tegishli bo‘lgan avstriyalik yarimhimoyachi Paul Vanner Yevropaning yirik klublari qiziqish doirasiga tushib qoldi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Jurnalistning ma’lumotlariga ko‘ra, «Bavariya»ning sobiq futbolchisi xizmatlariga «Liverpul», «Manchester Siti» va Madridning «Real» klubi qiziqish bildirmoqda. Niderlandiya tomoni futbolchini 45-50 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Vanner o‘tgan yilning avgust oyidan buyon «PSV» safida to‘p tepmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2030-yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Yarimhimoyachi Niderlandiya chempionatining ushbu mavsumida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • PSV PSV
Bugungi yangiliklar