Ribakina va Sobolenko – 1994-yildan buyon bir mavsumda «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi ikkita hard qoplamali kortdagi musobaqalar finalida ro‘baro‘ keladigan ilk juftlik hisoblanadi.
1988-yilda «Katta dubulg‘a» turkumidagi Australian Open turniri hard qoplamali kortda o‘tkaziladigan musobaqaga aylanganidan buyon endi 2-bor bir mavsumda ushbu qoplamadagi ikkita yirik turnir finalida ayni bir juftlik o‘zaro to‘qnash keladi.
Eslatib o‘tamiz, US Open-2026 turniri finalida dunyoning ikki eng kuchli ayol tennischilari: belaruslik Arina Sobolenko hamda qozog‘istonlik Yelena Ribakina kuch sinashadi. Finalga chiqqani va chempionlikni qo‘lga kiritish ehtimoli borligiga qaramay, Sobolenko turnir yakunida WTA reytingidagi birinchi pog‘onasini boy beradi va aynan uning hal qiluvchi bahsdagi raqibasi Ribakina yetakchilikni o‘z qo‘liga oladi.
Bunga qadar tennischi qizlar shu yilning yanvar oyida o‘tgan Australian Open-2026 musobaqasida, ya’ni hard qoplamali kortda o‘tgan «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqa finalida o‘zaro ro‘abro‘ kelgan edi. O‘shanda Ribakina 6:4, 4:6, 6:4 hisobida zafar quchgan.
Ilgari bir mavsum doirasida Australian Open va US Open finallarida bir xil juftlikning ishtirok etishi faqat 1994-yilda kuzatilgan, o‘shanda bu turnirlarning hal qiluvchi bahslarida germaniyalik Shteffi Graf va ispaniyalik Arancha Sanches-Vikario kortga chiqqan edi.