«Chelsi» hujumchisi Joao Pedro avgust oyi yakuni bo‘yicha APLning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Angliya chempionatining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida rasman xabar berildi.
Braziliyalik futbolchi avgust oyida APLning 2 ta o‘yinida 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Qo‘shimcha qilamizki, «Chelsi» APLning uch turidan so‘ng hisobida olti ochko bor va jadvalda to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Ma’lumot uchun, Joao Pedro 2025-yil yozida «Brayton»dan «Chelsi» safiga ko‘chib o‘tgan. Umumiy hisobda hujumchi londonliklar safida 57 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Chelsi» bilan mehnat shartnomasi 2034-yilning yoziga qadar amal qiladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi