«Liverpul» klubi «Kristal Pelas» yarimhimoyachisi Adam Uortonga hamon qiziqish bildirmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Mersisaydliklar 22 yoshli angliyalik futbolchini anchadan beri kuzatib kelmoqda va uni jamoaning yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan variantlardan biri sifatida ko‘rmoqda. Transfer qiymati 75 million yevroni tashkil etishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, Uorton yaqin ikki transfer oynasidan birida «burgutlar»ni tark etishi kutilmoqda. Transfer 2027 yil yanvaridayoq amalga oshishi mumkin.
Shuningdek, Uortonga «Nyukasl» ham qiziqish bildirmoqda. Adam Transfermarkt tomonidan 70 million yevroga baholanmoqda.